Maxfiylik siyosati

OMMAVIY OFERTA

(keyingi oʻrinlarda Maxfiylik siyosati yoki Kelishuv)

  1. ASOSIY QOIDALAR
    1. Maxfiylik siyosati Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi OʻRQ-547-son “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari (keyingi oʻrinlarda birgalikda – Qonun) asosida ishlab chiqilgan hamda «EASYTAP UFB» MChJ (keyingi oʻrinlarda – EasyTap), STIR 311086228, tomonidan Saytdan foydalanuvchilarning Shaxsga doir maʼlumotlarini Yigʻish va Qayta ishlash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
    2. Ushbu taklif Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 364-moddasiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi, uning shartlarini Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 365-moddasiga muvofiq toʻliq va soʻzsiz qabul qilish (aksept) https://easytap.io internet resursidan foydalanish hisoblanadi. Kelishuvni aksept qilish Foydalanuvchi ushbu taklifning barcha qoidalariga rozi ekanligini bildiradi va Kelishuv tuzilishiga tengdir. Yuqoridagilarni inobatga olib, Kelishuv matnini diqqat bilan oʻqib chiqing.
    3. Agar Foydalanuvchi Kelishuvning biron-bir bandiga rozi boʻlmasa, EasyTap Kelishuvni aksept qilishdan voz kechishni taklif etadi.
  2. TUSHUNCHALAR VA ATAMALAR

Kelishuvning maqsadlari uchun bosh harflar bilan yozilgan va Kelishuvda koʻrsatilmagan soʻz va iboralar Qonunda belgilangan maʼno va (yoki) taʼrifga ega boʻladi.

  1. Sayt - https://easytap.io internet resursi, yaʼni yagona tarmoq manziliga va (yoki) domen nomiga ega boʻlgan hamda Internetda faoliyat yuritadigan apparat-dasturiy majmuada joylashtirilgan axborot (matnli, grafik, audiovizual yoki boshqa koʻrinishda);
  2. Foydalanuvchi – EasyTap soʻroviga binoan unga oʻzining Shaxsga doir maʼlumotlarini taqdim etgan Shaxsga doir maʼlumotlar subyekti;
  3. Tomonlar - Kelishuv tomonlari birgalikda EasyTap va Foydalanuvchi hisoblanadi;
  4. Shaxsga doir maʼlumotlar - Foydalanuvchiga tegishli, shuningdek ularda kelgusida yuz beradigan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalarni oʻz ichiga olgan, elektron, qogʻoz va (yoki) boshqa moddiy tashuvchida qayd etilgan quyidagi maʼlumotlar, jumladan, ammo ular bilan cheklanmagan holda:
    1. 2.4.1.familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlsa);
    2. 2.4.2. JShShIR;
    3. 2.4.3. tugʻilgan sanasi;
    4. 2.4.4. ish joyi va lavozimi;
    5. 2.4.5. pochta manzili (yashash joyi manzili, roʻyxatdan oʻtgan (propiska) manzili, uy, ish, mobil telefon raqamlari, elektron pochta manzil(lar)i).
  5. Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash – EasyTap tomonidan Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, toʻplash, aniqlashtirish (yangilash, oʻzgartirish), ulardan foydalanish, tarqatish (shu jumladan, uzatish), shaxssizlantirish, bloklash, yoʻq qilish, muddatsiz saqlash boʻyicha harakatlari.
  6. KELISHUV PREDMETI
    1. Foydalanuvchilar EasyTapga oʻzlarining Shaxsga doir maʼlumotlarini, boshqa maʼlumotlarini hamda ushbu Kelishuvda koʻrsatilgan maqsadlarda Shaxsga doir maʼlumotlar va boshqa maʼlumotlarni elektron shaklda va/yoki qogʻoz tashuvchilarda EasyTap tomonidan qayta ishlashga oʻz erkin irodasi bilan berilgan toʻliq va soʻzsiz rozilikni taqdim etadilar.
    2. Foydalanuvchining Shaxsga doir maʼlumotlarini qayta ishlashga yozma rozilik berilgan sana ushbu Kelishuv bilan tanishgan sana hisoblanadi. Ushbu bandda koʻrsatilgan rozilik muddatsiz amal qiladi va Foydalanuvchi tomonidan EasyTap manziliga buyurtma pochta joʻnatmasi orqali yuborilgan yozma xabarnoma bilan qaytarib olinishi mumkin.
    3. Foydalanuvchining Shaxsga doir maʼlumotlari EasyTap tomonidan quyidagi maqsadlarda, jumladan, ammo ular bilan cheklanmagan holda, qayta ishlanadi:
      i. 3.3.1.Tomonlar oʻrtasida hamkorlik qilish uchun;
      ii. 3.3.2.Sayt tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadqiqotlar oʻtkazish uchun;
      iii. 3.3.3.marketing dasturlarini, statistik tadqiqotlarni oʻtkazish, olingan maʼlumotlarni tekshirish, oʻrganish va tahlil qilish uchun, bu esa Saytda koʻrsatiladigan xizmatlarning yangi turlarini qoʻllab-quvvatlash, yaxshilash va ishlab chiqish imkonini beradi;
      iv. 3.3.4.Saytda koʻrsatiladigan xizmatlarni ilgari surish uchun, jumladan, Foydalanuvchiga reklama (shu jumladan, shaxsiylashtirilgan (targetlangan) reklama) yuborish, shuningdek Foydalanuvchi bilan turli aloqa vositalari, jumladan, ammo ular bilan cheklanmagan holda: pochta orqali xabar yuborish, elektron pochta, telefon va (yoki) faksimil aloqa, internet tarmogʻi va hokazolar yordamida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatish yoʻli bilan.
    4. EasyTap Foydalanuvchining Shaxsga doir maʼlumotlarini himoya qilish boʻyicha quyidagilarni taʼminlaydigan zarur choralarni koʻrish majburiyatini oladi:
      i. 3.4.1.Foydalanuvchining Shaxsga doir maʼlumotlariga ruxsatsiz kirishning oldini olish;
      ii. 3.4.2.agar Foydalanuvchining Shaxsga doir maʼlumotlariga ruxsatsiz kirishning oldini olishning iloji boʻlmagan boʻlsa, bunday ruxsatsiz kirish faktlarini aniqlash;
      iii. 3.4.3.Foydalanuvchining Shaxsga doir maʼlumotlariga ruxsatsiz kirishning salbiy oqibatlarini minimallashtirish.​
    5. EasyTapning Shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha majburiyatlari Foydalanuvchining Shaxsga doir maʼlumotlari olingan paytdan boshlab vujudga keladi va ular yoʻq qilingunga qadar yoki shaxssizlantirilgunga qadar amal qiladi.
    6. Foydalanuvchining ushbu boʻlimda nazarda tutilgan Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashga roziligi Foydalanuvchi tomonidan istalgan vaqtda Kompaniyaga tegishli arizani yozma shaklda yuborish orqali qaytarib olinishi mumkin. Bunda Foydalanuvchi, agar bunday qaytarib olish qonun hujjatlariga zid keladigan boʻlsa yoki Foydalanuvchining EasyTap oldida bajarilmagan majburiyatlari mavjud boʻlsa, Shaxsga doir maʼlumotlarni Yigʻish, Qayta ishlash va transchegaraviy uzatishga (zarur hollarda) roziligini qaytarib ola olmaydi.
    7. «EasyTap» xizmatini Foydalanuvchiga koʻrsatish maqsadida Foydalanuvchi EasyTapga Foydalanuvchining Shaxsga doir maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga berishga, ularni qayta ishlash jarayonida Foydalanuvchining Shaxsga doir maʼlumotlarini transchegaraviy uzatishga hamda Foydalanuvchining Shaxsga doir maʼlumotlarini ommaviy foydalanishdagi manbalarda tarqatishga rozilik beradi.

7. BOSHQA SHARTLAR

  • a. Kelishuv ushbu Kelishuvning 1.2-bandida nazarda tutilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar oʻz zimmalariga olgan majburiyatlarni toʻliq bajarguniga qadar amal qiladi.
  • b. EasyTap istalgan vaqtda Kelishuv shartlarini bir tomonlama tartibda oʻzgartirish huquqiga ega, bunda oʻzgartirilgan shartlar (Ommaviy oferta) Saytda eʼlon qilinishini taʼminlaydi. Bunda Tomonlar tomonidan qoʻshimcha kelishuv imzolanishi talab etilmaydi.
  • c. Agar u yoki bu sabablarga koʻra Kelishuvning bir yoki bir nechta qoidalari haqiqiy emas yoki yuridik kuchga ega emas deb topilsa, bu qolgan qoidalarning haqiqiyligi yoki qoʻllanilishiga taʼsir koʻrsatmaydi.