EasyTap missiyasi

Ishni oson va qulay qilib, hayot sifatini yaxshilash

Taymlayn

Kompaniyaning qisqacha tarixi

Kompaniyaning tashkil qilinishi

Noyabr, 2021

Kompaniyaning tashkil qilinishi

Birinchi ijrochi qo‘shimcha ishga chiqdi

Noyabr, 2021

Birinchi ijrochi qo‘shimcha ishga chiqdi

Mobil ilovaning birinchi versiyasini ishga tushirishdi

Fevral, 2022

Mobil ilovaning birinchi versiyasini ishga tushirishdi

Jigital Bridge 2022 musobaqasida yutishdi

Sentyabr, 2022

Jigital Bridge 2022 musobaqasida yutishdi

Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 100,000 odamga yetdi

Avgust, 2023

Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 100,000 odamga yetdi

Qirg‘izistonda ish boshladik

Noyabr, 2023

Qirg‘izistonda ish boshladik

The Best IT Project 2023 The Steppe Awards Nominatsiyasida g‘olib chiqdik

Noyabr, 2023

The Best IT Project 2023 The Steppe Awards Nominatsiyasida g‘olib chiqdik

O‘zbekistonda ish boshladik

May, 2024

O‘zbekistonda ish boshladik

Markaziy Osiyodagi hamkorlar soni 150+ kompaniyalarga yetdi

Debar, 2024

Markaziy Osiyodagi hamkorlar soni 150+ kompaniyalarga yetdi

EasyTap Qozog‘iston Respublikasining bandlik platformasi operatoriga aylandi

Yanvar, 2025

EasyTap Qozog‘iston Respublikasining bandlik platformasi operatoriga aylandi

Jamoa

EasyTao — bu odamlar

Магзум Толеш

Biz kichikdan boshladik — qo'shimcha ish bozorini shaffof va tushunarli qilish g'oyasi bilan. Bugungi kunda EasyTap mehnat madaniyatini o'zgartirmoqda: kompaniyalar moslashuvchan jamoalar bilan ishlashni, odamlar esa o'z vaqti va ko'nikmalarini qadrlashni o'rganmoqda. Biz shunchaki biznes va ishchilarni bog'lamaymiz — biz eski va yangi mehnat bozorlari o'rtasida ko'prik qurmoqdamiz. Va bu faqat boshlanishi.

Магзум Толеш

Asoschi

Шахида Закирова

EasyTap — bu ishingiz haqiqatan ham seziladigan kompaniya. Har bir ekran, har bir qaror smenaga chiqib, mukofot olayotgan minglab odamlar qo'lida yashaydi. Bunga ta'sir qilayotganimni anglash — ko'proq va yaxshiroq ishlashga kuchli turtki beradi.

Шахида Закирова

CPO

Маргарита Абдурахманова

Yirik e-commerce va fintex kompaniyalarida ishlaganimda dinamikaga va yuqori standartlarga o'rgangan edim, ammo aynan EasyTap'da haqiqiy turtki va natijaga ta'sirni his qildim. Bu yerda har bir fikr muhim va hissangiz kompaniyaning bozordagi mavqeini qanday mustahkamlashini ko'rasiz. EasyTap'ning o'sishini ko'rish ayniqsa ilhomlantiradi: hamkorlar sodiqroq bo'lib bormoqda, jamoa kuchaymoqda va bozor bizniki bo'lib bormoqda.

Маргарита Абдурахманова

Biznesni rivojlantirish bo'yicha rahbar

Хусам Мамадалиев

EasyTap'ga kelganimda xodimlarni topishni oddiy va shaffof qilish g'oyasi bor edi. Bugun bu haqiqatga aylandi va men biznes va odamlarning bir- birini topishiga yordam berayotgan jamoa boshida turganimdan faxrlanaman. Biz birga o'samiz, g'oyalar bilan bo'lishamiz va ularning real natijalarga aylanishini ko'ramiz. Biz kompaniya emas, balki butun ekotizim qurayotgandekmiz.

Хусам Мамадалиев

Tijorat direktori

Алуа Нурахова

EasyTap'dagi ish — bu doimiy o'sish va mahsulotga haqiqiy ta'sir ko'rsatish zavqli. Bu yerda tashabbus qadrlanadi va yangi narsalarni sinab ko'rish erkinligi beriladi. Har kuni o'rganaman, ishonchim ortadi va kuchli jamoa bilan oldinga harakat qilayotganimni his qilaman.

Алуа Нурахова

CMO

Мадина Алмембетова

EasyTap'da hamma narsa oddiy: yaxshi odamlar, aniq maqsadlar va yoqimli muhit. Kecha birinchi qo'shimcha ishini izlagan yigit-qizlar bugun barqaror ishlayotganini va bundan faxrlanayotganini ko'rish juda ilhomlantiradi.

Мадина Алмембетова

Akkount-menejer

Дамира Уинжанова

Bu yerda ishlash faqat raqamlar va jadvallar haqida emas — bu odamlar haqida. Bizning yechimlarimiz tufayli minglab odamlar ish va barqarorlik topayotganini ko'rish mamlakat mehnat bozoriga real ta'sir ko'rsatish imkonini beradi. Bu meni har kuni ilhomlantiradi.

Дамира Уинжанова

Mahsulot tahlilchisi

Дильназ Сейтказы

EasyTap'da har bir kishi ishiga mas'uliyat va sadoqat bilan yondashadi. Bu yerda butun jarayonni ichkaridan ko'rasiz, kompaniya qanday qurilganini va nima uchun har bir vazifa bajarilishini tushunasiz. Bu shunchaki ishlayotganingizni emas, balki umumiy ishga haqiąiy hissa qo'shayotganingizni his qildiradi.

Дильназ Сейтказы

Bek-ofis menejeri

Кобыланды Пуланбеков

EasyTap'da men ilovaning frontend qismi ustida ishlayman va bu meni doimo hushyor tutadi — har bir yangilanish foydalanuvchilarga darhol ko'rinadi. Ishim mahsulotni yanada qulay va tezkor qilishini his qilish juda yoqimli.

Кобыланды Пуланбеков

Frontend dasturchi

Кайырхан Идрис

EasyTap'da dasturchi sifatida ishlash menga katta professional o'sish berdi. Har bir kun — yangi texnologiyalar va g'oyalarni sinab ko'rish imkoniyati. Jamoa muhiti juda iliq, murakkab masalalarni birga hal qilish esa haqiqiy ilhom bag'ishlaydi.

Кайырхан Идрис

Backend dasturchi

Кайсар Нурсултан

EasyTap'da biz shunchaki kod yozmaymiz — har bir funksiya qanday ishlashi va qaysi yechim eng to'g'ri ekanini birga o'ylaymiz. Shu sababli nafaqat dasturchi, balki mahsulotni tushunadigan muhandis sifatida ham o'sasiz.

Кайсар Нурсултан

Backend dasturchi

Далида Изтай

EasyTap'da ishlash menga professional va ijodiy o'sish imkonini berdi. Har kuni yangi g'oyalar o'ylab topamiz, formatlarni sinab ko'ramiz va ularning odamlar hayotiga qanday foyda berayotganini ko'ramiz. Aynan shu narsa ishni chinakam qadrli qiladi.

Далида Изтай

SMM mutaxassisi

Мадина Мукатай

EasyTap'da jarayonlarga ta'sir qilishim va qarorlarim natijasini real vaqt rejimida ko'rishim mumkinligini his qildim. Bu yerda mas'uliyat va tezlik qadrlanadi, jamoa esa har doim qo'llab-quvvatlaydi.

Мадина Мукатай

Operatsion menejer, Qozog'iston

Дильназ Сабитова

Har kuni foydalanuvchilar bilan ishlayman va EasyTap haqiqatan ham odamlarga qo'shimcha ish topish va daromad qilishga qanday yordam berayotganini ko'raman. Bu shunchaki vazifalarni bajarish emas, balki foydali ish qilayotganingizni his qildiradi.

Дильназ Сабитова

Operatsion menejer, Qozog'iston

Данияр Толеш

EasyTap'ning missiyasi menga juda yoqadi — ishni qulay qilish orqali hayot sifatini yaxshilash. Biz odamlar uchun imkoniyatlar yaratamiz va biznes o'sishiga yordam beramiz. Startapda qarorlar tez qabul qilinishi va natijaning darhol ko'rinishi juda qadrlidir.

Данияр Толеш

Mintaqaviy direktor, Qirg'iziston

Бекметова Ширин

"Biznes — bu odamlar", deydi rahbarim. Ishda o'zimni odamlarga yordam berayotgan superqahramon kabi his qilaman. Bir yil oldin bunday darajaga yetaman deb tasavvur ham qilmagan edim. EasyTap'da har kuni yangi bilim olaman va tajribam kuchli, qo'llab-quvvatlovchi jamoa bilan yanada mustahkamlanmoqda.

Бекметова Ширин

Operatsion menejer, O'zbekiston

Yangiliklar

EasyTap OAV-da